Kóksaroy qarorgohida Ózbekiston Respublikası Prezidenti Shavkat Mirziyev va Paragvay Respublikası Prezidenti Santyago Penya rasmiy delegatsiyalar ishtirokida muzokara ótkazdilar.
Ózbekiston bilan Paragvay ortasidagi amaliy hámkorlikni yanada mustahkamlash istiqbollari muhokama qilindi.
Ózbekiston yetakchisi Paragvay rahberini samimiy qutlar ekan, Latin Amerikasi davlati Prezidenti tomónidan Ózbekistonga ilk bor amalga oshirilayotgan ushbu tashrif tarixiy ahamiyatga ega ekanini qayd etdi. Mazkur sammit ikki mamlakat ortasidagi dóstona munosabatlarni rivojlantirishda yangi davrni boshlab berishi ta'kidlandi.
Muzokaralarda ikki tomonlama hámkorlikni, jumladan, savdo-iqtisodiyot, madaniy-gumanitar, ta'lim va boshqa sohalarda kengaytirishning ustuvor yo'nalishlari muhokama qilindi.
Ózaro savdani kópaytirish, ishbirlarmonlik aloqalarini rivojlantirish, qishloq xojaligi, oziq-ovqat va kimyo sanoati, raqamlashtirish, turizm hamda sport sohalarida qóshma loyihalarni amalga oshirishga alohida e'tibor qaratildi.
Xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar siyosiy mulokotni yanada rivojlantirish va ózaro manfaatli sohalarda amaliy hámkorlikni chuqurlashtirishga tayyorligini tasdiqladilar.






