AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga yetib bordi

Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhammadov bilan uchrashuv o‘tkazib 30 yilligi bilan tabrikladi.

'Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga yetib bordi'ning rasmi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11 dekabr kuni amaliy tashrif bilan Ashxobod shahriga keldi. Poytaxt aeroportida davlat rahbarini Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining o‘rinbosari Xojamirat Geldimiradov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Tashrifning dastlabki daqiqalarida-yoq Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashuv o‘tkazdi. Davlati-miz rahbari uni doimiy betaraflikning 30 yilligi bilan tabriklab, xalqaro forum ishiga muvaffaqiyatlar tiladi.

Muzokaralar chog‘ida strategik sheriklik, do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik aloqalarini siyosiy, iqtisodiy, madaniy va gumanitar yo‘nalishlarda kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, tomonlar mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.

    Boshqa yangiliklar