AsosiyJamiyat

AOK tugatilgach, OAV ustidan nazorat yangi inspektsiyaga topshirildi.

Xo'sh, inspektsiyaning vazifalariga nimalar kiradi?

'AOK tugatilgach, OAV ustidan nazorat yangi inspektsiyaga topshirildi.'ning rasmi

Prezidentning 11 dekabrdagi qaroriga ko‘ra, OAV, nashriyot va raqamli axborot sohalariga oid barcha nazorat funktsiyalari endi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi maxsus inspektsiya tomonidan amalga oshiriladi.

PQ–371-sonli qarorga muvofiq, avval Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi vakolatiqa kirgan monitoring va nazorat vazifalari to‘liq yangi inspektsiyaga o‘tkazildi. Endilikda axborotlashtirish, telekommunikatsiyalar, pochta aloqasi va raqamli xizmatlar sifatı ustidan davlat nazorati kuchaytiriladi.

Qarorda sun’iy intellekt tizimlari, ma’lumotlar bazalari, dasturiy ta’minot va raqamli resurslar faoliyati ham to‘liq nazorat doirasiga olinishi belgilangan. OAVni ro‘yxatdan o‘tkazish, ularning qonunchilikka rioya etishini monitoring qilish, shuningdek nashriyot va matbaa faoliyati ustidan tekshiruvlar ham yangi inspektsiya vakolatiga o‘tkazildi.

Bolalarni zararli axborotdan himoya qilish bo‘yicha mekanizmlar kengaytiriladi, onlayn platformalarda taqiqlangan kontent tarqalishini cheklash bo‘yicha qo‘shimcha vakolatlar berildi.

Shuningdek, “Xabar” gazetasi muassisi o‘zgarib, uning aksiyalari Prezident Administratsiyasi huzuridagi kontent tayyorlash markaziga o‘tkaziladi. Tugatilgan AOKAning barcha nazorat funktsiyalari inspektsiyaga topshirildi.

Yangi inspektsiyaga 54 ta qo‘shimcha shtat birligi ajratilib, umumiy xodimlar soni 172 taga yetkaziladi. 2027 yil 1 yanvargacha “Raqamli nazorat” platformasini ishga tushirish vazifasi qo‘yilgan bo‘lib, u orqali respublikaning barcha hududlarida raqamli xizmatlar sifatı muntazam kuzatib boriladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Farg‘ona vodiysida “metan zapravka”lar o‘chsa, gaz konteynerlar orqali yetib boradi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:54

    Farg‘ona vodiysida “metan zapravka”lar o‘chsa, gaz konteynerlar orqali yetib boradi

    Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudovning ma’lum qilishicha, 2025–2026 yilgi qish mavsumida vodiyadagi gaz taqchilligini bartaraf etish uchun ikki yechim ishlab chiqildi.

    'Inklyuziv jamiyat sari — yangi imkoniyatlar maydoni'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:45

    Inklyuziv jamiyat sari — yangi imkoniyatlar maydoni

    Poytaxtimizdagi “City palace” mehmonxonasida O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining “Inklyuziv jamiyat sari” Forumi tashkil etildi.

    'Surxondaryo va Toshkentda yirik miqdordagi giyohvandlik vositalari aniqlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:25

    Surxondaryo va Toshkentda yirik miqdordagi giyohvandlik vositalari aniqlandi

    Hozirda barcha shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha ish ko‘zgatilgan.

    'Oltin medal sohiblariga 1 mlrd so‘mdan ortiq pul mukofoti beriladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:49

    Oltin medal sohiblariga 1 mlrd so‘mdan ortiq pul mukofoti beriladi

    Oltin medal tayyorlagan ustozlar uchun ham alohida rag‘bat puli belgilandi.

    'O‘zbekiston va Paragvay Prezidentlari Ko‘ksaroyda daraxt ekdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:43

    O‘zbekiston va Paragvay Prezidentlari Ko‘ksaroyda daraxt ekdi

    Shavkat Mirziyoyev va Santyago Penya do‘stlik hamda hamkorlik ramzini barpo etdi.

    'Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga yetib bordi'ning rasmi

    Jamiyat 11.12.2025 21:34

    Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga yetib bordi

    Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhammadov bilan uchrashuv o‘tkazib 30 yilligi bilan tabrikladi.