AsosiyJamiyat

2 yildan beri qidiruvda boʻlgan oʻzbekistonlik jinoyiy uyushma yetakchisi Turkiyada qoʻlga tushdi

32 yoshli erkak og‘ir jinoyatlar sodir etganlikda ayblanib, qidiruvga berilgan.

'2 yildan beri qidiruvda boʻlgan oʻzbekistonlik jinoyiy uyushma yetakchisi Turkiyada qoʻlga tushdi'ning rasmi

Ichki ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonda sodir etilgan bir qator og‘ir jinoyatlar uchun qidiruvda bo‘lgan "Gryaz" laqabli jinoyiy uyushma yetakchisi Turkiyada ushlandi. 1993 yilda tug‘ilgan Yo. M. O‘zbekiston IIV, DHX hamda mamlakating Istanbuldagi Bosh konsulxonasi hamkorligida o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida aniqlandi.

Ma’lum qilinishicha, u Turkiyada tergovdan yashirinib yurgan bo‘lib, 5 dekabr kuni O‘zbekistonga qaytarilgan va tergov organlariga topshirilgan. Ushbu shaxs O‘zbekistonda jinoyiy uyushma tashkil etish, o‘ldirish yoki zo‘rlilik ishlatish bilan qo‘rqitish, bosqinchilik, tovlamachilik hamda mulkni qasddan nobud qilish kabi jinoyatlarni sodir etishda ayblanmoqda.

Yo. M. Jinoyat kodeksining bir nechta moddalariga asosan 2023 yilda Yashnobod tumani IIO FMB tomonidan qidiruvga e’lon qilingan edi. Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda va unga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda huquqiy baho beriladi.

    Boshqa yangiliklar