Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, AQSH dollari 32,08 so‘mga oshib, 12 130,01 so‘mni tashkil etdi. Yevro kursi 50,98 so‘mga ko‘tarilib, 14 245,48 so‘m bo‘ldi.
Rossiya rubli esa 1,27 so‘mga qimmatlashib, 153,04 so‘m etib belgilandi.
Qayd etilishicha, avvalgi haftada dollar kursi faqat o‘sish dinamikasini namoyon etib, 12 047,45 so‘mgacha yetgan edi.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar–noyabr oylarida so‘m almashuv kursi 7,5 foizga mustahkamlanga.
Shu davrda aholi tijorat banklariga 19,4 milliard dollarlik xorijiy valyuta sotgan, 10,6 milliard dollarlik valyuta sotib olgan.






