AsosiyJamiyat

Turkistonda ko‘prik qulab tushdi.

Qozog‘istonning Turkiston viloyatida Keles daryosi ustidagi ko‘prik qulashi sabab harakat vaqtincha to‘xtatildi.

'Turkistonda ko‘prik qulab tushdi.'ning rasmi

18 dekabr kuni Turkiston viloyati Keles tumaniga qarashli Qo‘shqaro‘ta qishlog‘ida Keles daryosi ustida joylashgan ko‘prik qulab tushdi. Bu haqda tuman hokimligiga tayanib, “Orda.kz” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, hodisadan oldin ko‘prikda yoriqlar paydo bo‘lgani sezilib, xavfsizlik maqsadida transport harakati to‘xtatilgan. Ayni paytda voqea joyida favqulodda vaziyatlar xizmati, ichki ishlar organlari hamda mahalliy hokimiyat vakillari ish olib bormoqda.

Dastlabki xulosalarga ko‘ra, ko‘prikning qulashiga uning uzoq yillar davomida foydalanilgani va tayanch ustunlari ostining suv oqimi ta’sirida yuvilib ketgani sabab bo‘lgan. Ko‘prik hozirda favqulodda tartibda ta’mirlanmoqda.

Ayni vaqtda haydovchilarga Alpomish va Birtole‘k qishloq okruglari orqali 10–15 kilometrli aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya etilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Dollar kursi yana tushdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 16:13

    Dollar kursi yana tushdi

    Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 19 dekabr kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.

    'UEFA "Bavariya"ga yirik jarima soldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 16:04

    UEFA "Bavariya"ga yirik jarima soldi

    Myunxen klubi Chempionlar ligasidagi navbatdagi uy o‘yinini qisman bo‘sh tribunlar qarshisida o‘tkazadi.

    'Misrdagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 15:42

    Misrdagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

    Elchixona fuqarolarni migratsiya va jamoat tartibi qoidalariga qat'iy rioya qilishga chaqirdi.

    'Zangiotadagi maktabda o‘quvchilar majburiy mehnatga jalb etildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 15:18

    Zangiotadagi maktabda o‘quvchilar majburiy mehnatga jalb etildi

    Ҳолат юзасидан мактаб маъмуриятига нисбатан маъмурий жарима қўлланди.

    '2026 йилги давлат бюджети Сенат томонидан маъқулланди'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:46

    2026 йилги давлат бюджети Сенат томонидан маъқулланди

    Oliy Majlis Senatining 12-yalpi majlisida 2026-yil uchun davlat byudjetiga oid qonun ko‘rib chiqilib, ijtimoiy sohaga ahamiyat qaratilgan holda tasdiqlandi.

    'Jizzaxda ikkita yuk mashinasi toʻqnashishi ortidan 29 yoshli fuqaro halok boʻlgani aytilmoqda'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:53

    Jizzaxda ikkita yuk mashinasi toʻqnashishi ortidan 29 yoshli fuqaro halok boʻlgani aytilmoqda

    Ushbu muhim voqeaga haydovchining uxlab qolishi sabab bo‘lgan.