Jizzax shahrida ikkita yuk mashinasi to‘qnashdi. Bu haqda “Kun.uz” nashri yozmoqda.
Qayd etilishicha, Toshkent shahriga dori-darmon mahsulotlarini olib ketayotgan Isuzu haydovchi uxlab qolgan, Buning oqibatida bir yo‘nalishda harakatlanayotgan Howo tirkamasiga borib urilgan. YTHda og‘ir tan jarohati olgan Isuzu haydovchisi voqea joyida vafot etgan.
Ma’lum bo‘lishicha, YTH 17 dekabr kuni soat 3:20 larda Sharof Rashidov tumani Sayhon mahallasi hududida, “Toshkent-Termiz” avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan. Samarqanddan Toshkent shahriga dori-darmon mahsulotlarini olib ketayotgan Isuzu bir yo‘nalishda harakatlanib borayotgan Howo yuk mashinasi tirkamasiga borib urilgan. Bunga Isuzu haydovchisi boshqaruv paytida uxlab qolgani sabab bo‘lgan.
YTH oqibatida Isuzu haydovchisi, 1996 yilda tug‘ilgan Sh.M. og‘ir tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan.






