AsosiyJamiyat

Misrdagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

Elchixona fuqarolarni migratsiya va jamoat tartibi qoidalariga qat'iy rioya qilishga chaqirdi.

'Misrdagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi'ning rasmi

Misr Arab Respublikasida xorijiy fuqarolar, jumladan, O‘zbekiston fuqarolari ustidan nazorat kuchaytirilgani sababli ushlab turilish holatlari ko‘paymoqda. Bu haqda O‘zbekistonning Misrdagi elchixonasi rasmiy ogohlantirish bilan chiqdi.

Qayd etilishicha, so‘nggi paytlarda elchixonaga mahalliy huquq-tartibot idoralari tomonidan ushlab turilgan O‘zbekiston fuqarolari bilan bog‘liq murojaatlar soni oshgan. Ushbu holatlar yuzasidan Misr vakolatli organlari bilan muzokaralar olib borilmoqda.

Misr rasmiylarining ma’lumotiga ko‘ra, Qohira va boshqa yirik shaharlarda migratsiya qonunchiligi hamda jamoat tartib-qoidalariga rioya etilishi ustidan tekshiruvlar kuchaytirilgan. Xususan, mamlakat hududida noqonuniy bo‘lib turgan, amaldagi hujjatlarga ega bo‘lmagan yoki jamoat tartibini buzgan xorijiy fuqarolarga nisbatan ma’muriy choralar, jumladan, deportatsiya tadbirlari qo‘llanilmoqda.

Shu munosabat bilan Misrda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga mahalliy qonunchilik talablariga rioya qilish, shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni doimo o‘zi bilan olib yurish, amaldagi viza yoki yashash ruxsatnomasiga ega bo‘lish hamda ruxsatsiz mehnat faoliyati bilan shug‘ullanmaslik qat’iyan tavsiya etildi.

Mahalliy idoralar tomonidan ushlab turilgan taqdirda esa fuqarolarga imkon qadar tezroq O‘zbekistonning Qohiradagi elchixonasiga murojaat qilish so‘raldi.

    Boshqa yangiliklar