AsosiyJamiyat

AQShda o‘zbekistonlik talaba o‘ldirilgan otishmada gumonlangan shaxs o‘lik holda topildi

Brown universitetida sodir bo‘lgan otishmada halok bo‘lgan o‘zbekistonlik talaba ishi bo‘yicha yangi tafsilotlar ma’lum bo‘ldi.

'AQShda o‘zbekistonlik talaba o‘ldirilgan otishmada gumonlangan shaxs o‘lik holda topildi'ning rasmi

AQShning Braun universitetida yuz bergan ommaviy otishmada ikki kishi, jumladan, o‘zbekistonlik talaba Muhammadaziz Umurzоqov halok bo‘lgandi. Mazkur jinoyatni sodir etishda gumonlangan shaxs o‘lik holida topildi. Bu haqda AQSh prokurorining Bostondagi vakili Kristina Sterling ma’lum qildi.

Uning aytishicha, gumonlanuvchining jasadi Nyu-Xempshir shtatining Salem shahrida, Boston markazidan taxminan 30 kilometr shimolda joylashgan omborxonada aniqlandi. 18 dekabrgа o‘tar kecha usbu hududga Braun universitetidagi hodisa bo‘yicha tergov doirasida ko‘plab huquq-tartibot xodimlari jalb etilgan.

AQSh Adliya vazirligi vakillaridan biri anonim tarzda gumonlanuvchi o‘z joniga qasd qilganini bildirgan. Shu bilan birga, tergovchilar uning Braun universitetidagi otishmadan ikki kun o‘tib Massachusets texnologiya instituti (MIT) professori o‘ldirilgan jinoyatga ham aloqador bo‘lishi mumkinligini tekshirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Braun universitetidagi otishma 13 dekabr kuni Muhandislik va fizika fakulteti joylashgan Barus + Holley binosida sodir bo‘lgan. Qora kiyimdagi noma’lum shaxs imtihonlar vaqtida universitetga hujum qilib, ikki kishini otib o‘ldirgan, sakkiz kishini esa yaralagan. Gumonlanuvchi voqea joyidan piyoda qochib ketgan, qidiruv ishlari asosan yaqin hududlardagi xavfsizlik kameralariga tayangan holda olib borilgan.

Shuningdek, 47 yoshli MIT professori, yadro fizigi Nuno Lureyru Bruklayn shahridagi uyida otib o‘ldirilgani ma’lum. Avvalroq rasmiylar usbu ikki jinoyat o‘rtasida bog‘liqlik borligiga shubha bildirgan bo‘lsa-da, hozirda bu ehtimol yana tekshirilmоqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    '26 yoshli erkak bir kishini o‘ldirib, yana biriga og‘ir tan jarohati yetkazdi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:02

    26 yoshli erkak bir kishini o‘ldirib, yana biriga og‘ir tan jarohati yetkazdi.

    Marhamat tumanida yuz bergan janjal fojia bilan yakunlandi.

    'Transport vazirligi binosi 187,7 mlrd so‘mga sotildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:12

    Transport vazirligi binosi 187,7 mlrd so‘mga sotildi

    Zulfiyaxonim koʻchasida joylashgan Transport vazirligiga tegishli bino ochiq auktsion orqali realizatsiya qilindi.

    'Prezident Masakazu Sekiguchi bilan parlamentlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashni muhokama qildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:19

    Prezident Masakazu Sekiguchi bilan parlamentlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashni muhokama qildi

    Maslahatchilar palatasi vakillari joriy yilning aprel oyida Toshkentda boʻlib oʻtgan Parlamentlararo ittifoqning 150 yilligiga bagʻishlangan sessiyada faol ishtirok etgani yodga olindi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 18.12.2025 21:56

    'Metrli qorlarni kechib maktabga borgan bola prezident eʼtiborini tortdi'ning rasmi

    Jamiyat 18.12.2025 21:47

    Metrli qorlarni kechib maktabga borgan bola prezident eʼtiborini tortdi

    Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov ijtimoiy tarmoqlarda mashhur bo‘lgan maktab o‘quvchisi Nurzaman Almazbekov bilan uchrashdi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 18.12.2025 21:22