AsosiyJamiyat

26 yoshli erkak bir kishini o‘ldirib, yana biriga og‘ir tan jarohati yetkazdi.

Marhamat tumanida yuz bergan janjal fojia bilan yakunlandi.

'26 yoshli erkak bir kishini o‘ldirib, yana biriga og‘ir tan jarohati yetkazdi.'ning rasmi

Andijon viloyatining Marhamat tumanida 26 yoshli erkak ikki kishini pichoqladi. Hodisa 16 dekabr kuni soat 01:30 atrofida “Qovunchi” MFY hududida sodir bo‘lgan.

Bosh prokuratura ma’lumotiga ko‘ra, spirtli ichimlik iste’mol qilgan H.Q. o‘ziga notanish bo‘lgan 30 yoshli S.M. va B.M. bilan janjallashib qolgan. Janjal davomida u Damas avtomashinasida bo‘lgan xo‘jalik picho‘g‘i bilan S.M.ni o‘ng ko‘krak qismidan jarohatlab, uning o‘limiga sabab bo‘lgan.

Shundan so‘ng H.Q. B.M.ni ham pichoqlashga uringan, biroq atrofdagilar aralashuvi sabab jinoyatni oxiriga yetkaza olmagan.

Mazkur holat yuzasidan H.Q.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi hamda 25, 97-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, u qo‘lga olingan.

    Boshqa yangiliklar