AsosiyJamiyat

Toshkentda YTH oqibatida bir kishi vafot etdi

Lacetti va Nexia-3 toʻqnashuvi oqibatida avtomashina salonida boʻlgan yoʻlovchi voqea joyida vafot etgan.

'Toshkentda YTH oqibatida bir kishi vafot etdi'ning rasmi

Joriy yilning 20 dekabr kuni Toshkent shahrida Lacetti va Nexia-3 rusumli avtomashinalar ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Mazkur hodisa oqibatida bir nafar yo‘lovchi vafot etgan. 

Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasi Yashnobod tumanida taxminan soat 03:45 atrofida yuz bergan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Lacetti rusumli avtomashina 21 yoshli haydovchi tomonidan boshqarilgan bo‘lib, u boshqaruvni yo‘qotishi natijasida qarama-qarshi harakat yo‘lagiga chiqib ketgan va 47 yoshli haydovchi boshqaruvidagi Nexia-3 avtomobili bilan to‘qnashgan.

To‘qnashuv oqibatida Nexia-3 avtomashinasida bo‘lgan yo‘lovchi og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan. Har ikki transport vositasining haydovchilariga tibbiy yordam ko‘rsatildi. 

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi — “Yo‘l harakati xavfsizligi yoki transport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish” bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmogda, deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar