AsosiyDunyo

Turkiyada samolyot qulab tushdi

Hodisa ortidan Liviya armiyasi bosh shtabi rahbari vafot etdi.

'Turkiyada samolyot qulab tushdi'ning rasmi

Anqara yaqinida xususiy samolyot qulab tushishi oqibatida Liviya armiyasi Bosh shtabi boshlig‘i Muhammad Ali Ahmad al-Haddod halok bo‘ldi.

Turkiya OAVlari xabariga ko‘ra, 23 dekabr kuni Anqaradagi Esenbo‘g‘a aeroportidan Tripoliga uchgan Falcon 50 rusumli samolyot bilan parovozdan taxminan 40 daqiqa o‘tib aloqa uzilgan. Samolyot bo‘laklari Anqara viloyatining Hayman tumani hududidan topilgan.

Liviya hukumat generalning halok bo‘lganini tasdiqladi. Turkiya ichki ishlar vaziri Ali Yerlikaya aviahalokat yuzasidan tergov ishlari olib borilayotganini ma’lum qilgan. Samolyot bortida general bilan birga yana to‘rt nafar yo‘lovchi bo‘lgan.

Muhammad al-Haddod Liviya g‘arbidagi qo‘shinlar bosh qo‘mondoni bo‘lib, mamlakat armiyasini birlashtirish jarayonida muhim rol o‘ynagan. Hodisa tafsilotlari aniqlanmoqda.

    Boshqa yangiliklar