AsosiyBu qiziq

Xitoyda 19 metrli qorbola yasaldi

Xitoyning "qish poytaxti" sanaladigan Harbin shahrida olti qavatli bino balandligiga teng, qariyb 19 metrli gigant qorbola barpo etildi.

'Xitoyda 19 metrli qorbola yasaldi'ning rasmi

Noyob haykal atigi 11 kun ichida bunyod etilgan, deb xabar bermoqda The Sun.

Ma'lum qilinishicha, qor va muz haykaltaroshligi bilan mashhur shaharda buning uchun 3 mingdan ortiq kubmetr qor ishlatilgan. Dastlab maxsus konstruksiya o'rnatilib, keyingi ishlovlar haykaltaroshlar tomonidan qo'lda bajarilgan. Loyiha ustida 100 ga yaqin ishchi va 64 nafar haykaltarosh mehnat qilgan.

Ulkan qorbola qurilishi jonli efirda namoyish etilgan bo'lib, ijtimoiy tarmoqlarda ham katta qiziqish uyg'otgan.

    Boshqa yangiliklar