25 dekabr kuni KXDR davlat OAVlari tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, yangi suvosti kemasi o‘lchami jihatidan AQShning ayrim zarba beruvchi kemalariga teng keladi.
Suratlardan kema hali suvga tushirilmaganligi, u boshqariladigan raketalar bilan jihozlanganligi ko‘rinadi.
Atom suvosti kemasi qurilishi Kim Chen Inning 2021 yilda e’lon qilingan strategik rejalaridan biri hisoblanadi.
U buni milliy xavfsizlikni ta’minlashda muhim hujumkor salohiyat deb atagan.






