Toshkent shahri hokimligi matbuot xizmati ma'lum qilishicha, poytaxtning bosh yangi yil archasi 35 metr balandlikka ega bo'lib, dunyo poytaxtlaridagi eng baland archalar ro'yxatiga kiritilgan. Ushbu ko'rsatkich Toshkentni yirik jahon megapolislari qatorida qayd etish imkoniyatini berdi.
Ma'lum qilingan reytingda eng baland yangi yil archasi 57 metr bilan Braziliya poytaxtiga tegishli. Toshkent va Madrid 35 metrlik archalari bilan ikkinchi o'rinni bo'lishgan. Shuningdek, reytingdan Jakarta, Buxarest, Lissabon, Vena, Varshava, Moskva, Praga, Rim, London va Budapesht kabi shaharlar ham o'rin olgan.
Toshkent bosh archasi o'z ko'lami bilan shahar aholisi va mehmonlarida bayramona kayfiyat uyg'otmoqda.






