AsosiyBu qiziq

Talabalar shartnoma to‘lash muddatiga qo‘shimcha vaqt berildi

Oliy ta'lim muassasalari bakalavriat va magistratura talabalari uchun to'lov-kontrakt mablag'larini to'lash muddati 2026 yil 31 yanvargacha uzaytirildi.

'Talabalar shartnoma to‘lash muddatiga qo‘shimcha vaqt berildi'ning rasmi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabariga ko‘ra, davlat komissiyasining tegishli bayoniga asosan 2025/2026-o‘quv yilida oliy ta’lim tashkilotlariga qabul qilingan talabalar uchun shartnoma to‘lovlarini amalga oshirish va talabalar safiga qabulni rasmiylashtirish muddati 2026 yil 31 yanvar (shu kuni ham) etib belgilandi.

Qayd etilishicha, qabul parametrlari doirasida o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlar bazaviy to‘lov-kontrakt shaklida bir yillik o‘qish qiyomatining kamida 50 foizini to‘lashi lozim. Shuningdek, tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagini bildirganlar ham belgilangan yillik to‘lovning kamida 50 foizini amalga oshirishi talab etiladi.

Ma’lumot uchun, amaldagi tartibga muvofiq, ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalari uchun kontrakt to‘lovlari muddati oliy ta’lim muassasasi rahbari tomonidan uzaytirilishi mumkin.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Qo'qonlik tabib qamoqdan chiqdi'ning rasmi

    Bu qiziq Bugun 16:26

    Qo'qonlik tabib qamoqdan chiqdi

    Iqboljon Soliyev ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ma'lumotlarni asossiz deb atab, faoliyati qonuniy ekanini bildirdi.

    'Eng koʻp keshek olgan hududlar ochiqlandi'ning rasmi

    Bu qiziq Bugun 15:48

    Eng koʻp keshek olgan hududlar ochiqlandi

    O‘zbekistonda iste’molchilarga 130 milliard so‘mdan ortiq keshek qaytarildi.

    'Bugun qanday ob-havo bo‘lishi aytildi'ning rasmi

    Bu qiziq Bugun 02:39

    Bugun qanday ob-havo bo‘lishi aytildi

    30 dekabr kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi.

    'Dollar kursi pasaydi'ning rasmi

    Bu qiziq 29.12.2025 11:35

    Dollar kursi pasaydi

    Markaziy bank maʼlumotiga koʻra, 30 dekabr kuni dollar 12 025 soʻmni tashkil etdi.

    'Indoneziyadagi qarilar uyi yonib ketdi, qurbonlar bor'ning rasmi

    Bu qiziq 29.12.2025 08:55

    Indoneziyadagi qarilar uyi yonib ketdi, qurbonlar bor

    Sulavesi orolidagi "Sokin keksalar" qarilar uyida sodir bo‘lgan yirik yong‘in kamida 16 kishining hayotiga zomin bo‘ldi.

    'Bugun yomg‘ir yog‘adi'ning rasmi

    Bu qiziq 29.12.2025 02:41

    Bugun yomg‘ir yog‘adi

    29 dekabr kuni kuzatiladigan ob-havo prognozi e'lon qilindi.