AsosiyJamiyat

Oʻzbekiston armiyasi qanday shakllandi?

Mustaqillikning dastlabki yillarida O‘zbekiston o‘z Qurolli Kuchlarini barpo etib, suverenitet va milliy xavfsizlikning mustaqil tizimini yaratdi.

'Oʻzbekiston armiyasi qanday shakllandi?'ning rasmi

1992 yil 14 yanvar esa milliy armiya tarixida muhim sana sifatida belgilandi.

1991 yil 31 avgustda mustaqillik e’lon qilingach, O‘zbekiston o‘zining mudofaa tizimini shakllantirish zarurati bilan yuzma-yuz keldi. 1991 yil 6 sentyabrda Mudofaa ishlari vazirligi tashkil etilib, Qurolli Kuchlarni yaratishning huquqiy va tashkiliy asoslari qo‘yildi.

Hal qiluvchi bosqich 1992 yil 14 yanvarda Oliy Kengash qarori bilan respublika hududidagi barcha harbiy qismlar va o‘quv muassasalarining O‘zbekiston tasarrufiga o‘tkazilishi bo‘ldi. Ushbu sana milliy armiyaning tashkil topgan kuni sifatida e’tirof etildi va keyinchalik 14 yanvar — Vatan himoyachilari kuni etib belgilandi.

1992–1993 yillarda Mudofaa vazirligi tuzildi, qo‘shin turlari ustidan nazorat o‘rnatildi, Chegara qo‘shinlari tashkil etildi hamda Qurolli Kuchlar faoliyatini tartibga soluvchi asosiy qonunlar qabul qilindi. Shu tariqa O‘zbekiston Qurolli Kuchlari fuqaroviy nazorat ostidagi, mustaqil va suveren davlat institutiga aylandi.

    Boshqa yangiliklar