AsosiyJamiyat

Har bir harbiy xizmatchi ortida 38 millionlik xalq turganini his etishi kerak — Shavkat Mirziyoyev

Prezident Qurolli Kuchlar tashkil etilganining 34 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan harbiylarga bayram tabrigi yo‘lladi.

'Har bir harbiy xizmatchi ortida 38 millionlik xalq turganini his etishi kerak — Shavkat Mirziyoyev'ning rasmi

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan askar va serjantlar, ofitser va generallar, shuningdek, Qurolli Kuchlar faxriylarini bayram bilan muborakbod etdi.

Prezident tabrigida Vatan himoyasi kabi sharafli va mas’uliyatli burchni sidqi-dildan ado etib kelayotgan harbiylarga yuqash hurmat va ehtirom izhor etildi. Davlat rahbari mamlakat mustaqilligi, tinchligi va hududiy yaxlitligini ta’minlashda xizmat qilayotgan harbiylarni ona yurtning ishonchli posbonlari sifatida e’tirof etdi.

Murojaatda xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiylar xotirasi chuqur ehtirom bilan yodga olinib, ularning jasorati Vatan tarixida abadiy qolishi ta’kidlandi.

Shuningdek, Yangi O‘zbekistonni barpo etish jarayonida Qurolli Kuchlarning o‘rni muhim ekani, mudofaa sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar milliy armiya jangovar salohiyatini oshirishga qaratilgani qayd etildi. "O‘zbekiston — 2030" strategiyasi doirasida harbiy qudratni mustahkamlash, boshqaruv va ta’minot tizimlarini takomillashtirish ishlari davom ettirilayotgani aytildi.

Har bir harbiy xizmatchi xalq bilan armiya — bir tan-u bir jon ekanini, uning ortida 38 millionlik xalq to‘g‘dek tayanch bo‘lib turganini doimo his etishi kerak, — deyiladi tabrikda.

Prezident harbiy xizmatchilar bundan buyon ham Vatan oldidagi muqaddas burchini sharaf bilan ado etishiga ishonch bildirdi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:19

    'Hindistonda yovvoyi fil hujumlari oqibatida 22 kishi halok bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:13

    Hindistonda yovvoyi fil hujumlari oqibatida 22 kishi halok bo‘ldi

    Jharkhand shtatining bir necha hududida odamlarga hujum qilgan yovvoyi fil hali ham qidirilmoqda.

    'Toshkentda “102”ga Trump ustidan qo‘ng‘iroq qilgan fuqaro jarimaga tortildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:00

    Toshkentda “102”ga Trump ustidan qo‘ng‘iroq qilgan fuqaro jarimaga tortildi

    Poytaxtda mast holatda IIVBga qo‘ng‘iroq qilib, AQSh prezidenti Donald Tramp ustidan shikoyat qilgan shaxsga 1,2 million so‘mdan ortiq jarima tayinlandi.

    'Andijonda 23 yoshli qiz ko‘prikdan o‘zini tashlamoqchi bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:21

    Andijonda 23 yoshli qiz ko‘prikdan o‘zini tashlamoqchi bo‘ldi

    Andijon shahrida 23 yoshli qiz o‘z joniga qasd qilishga urinagan, holat huquq-tartibot idoralari tomonidan bartaraf etilgan.

    'Эрондаги намойишларда ўзбекистонликлар жабрланмаган — ТИВ'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:08

    Эрондаги намойишларда ўзбекистонликлар жабрланмаган — ТИВ

    O‘zbekiston TIV Eron hududida davom etayotgan norozilik namoyishlarida mamlakat fuqarolari jabrlanganligi haqida ma’lumot yo‘qligini bildirdi.

    '"Акай сити"да "уй" ёниб кетди'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 04:19

    "Акай сити"да "уй" ёниб кетди

    Toshkent FVB yong‘in tafsilotlarini e’lon qildi.