AsosiyDunyo

Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti 5 yilga qamaldi

Seul sudi harbiy holat joriy etish va tergovga qarshilik ko‘rsatish bilan bog‘liq ish bo‘yicha sobiq prezident Yun Sok Yolni besh yilga ozodlikdan mahrum etdi.

'Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti 5 yilga qamaldi'ning rasmi

Janubiy Koreyaning Seul markaziy okrug sudi 2024 yil dekabr oyida harbiy holat joriy etgan hamda hibsga olish jarayoniga to‘sqinlik qilgan sobiq prezident Yun Sok Yolga nisbatan 5 yillik qamoq jazosini tayinladi. Bu uning ishi bo‘yicha chiqarilgan ilk sud hukmi hisoblanadi.

Ma’lum qilinishicha, prokuratura sobiq davlat rahbari uchun jami 10 yillik qamoq jazosini so‘ragan. Yun Sok Yol sakkizta ayblov bilan sudga tortilgan bo‘lib, keyingi sud majlisi tontarish uyushtirish ayblovi doirasida 2026 yil 19 fevralga belgilangan. Prokuratura mazkur ish bo‘yicha unga nisbatan o‘lim jazosini ham so‘ragan.

    Boshqa yangiliklar