Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) doirasida AQSh prezidenti Donald Trumpga tinchlik mukofoti berilgani sabab norozilik kayfiyati kuchayib bormoqda. Bu haqda The Guardian nashri xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, 2025 yil 5 dekabr kuni futbol bo'yicha Jahon chempionati qur'asi marosimida FIFA prezidenti Gianni Infantino Trumpga tashkilot tarixida ilk bor tа'sis etilgan Tinchlik mukofotini topshirgan. Biroq oradan ko'p o'tmay AQSh tomonidan Venezuela poytahti Karakasga harbiy hujum uyushtirilib, mamlakat prezidenti Nicolas Maduro qo'lga olingan.
Shuningdek, Donald Trump Daniyaning Grenlandiya ustidan suverenitetini tan olmasligini ma'lum qilgani va Kuba "qulash arafasida" ekanini e'lon qilgani ham tanqidlarga sabab bo'lgan.
Nashr qayd etishicha, FIFA mukofot qaysi mezonlar asosida va nima uchun aynan Trumpga berilgani bo'yicha batafsil tushuntirish bermagan. Tashkilot ichidagi yuqori lavozimli manbalardan biri ushbu taqdirlash marosimi FIFA rahbariyatida jiddiy xavotir uyg'otganini va bu holat "chuqur sharmandalik" sifatida qabul qilinganini aytgan.
Shu bilan birga, FIFA rasmiylaridan biri 2026 yilgi Jahon chempionatini AQShda o'tkazish jarayoni endilikda "juda nozik va murakkab" bosqichga kirganini tan olgan.






