AsosiyJamiyat

"Chorsu" bozorida yong‘in chiqdi

Yomg‘ir natijasida do‘kon yerto‘lasining taxminan 15 kvadrat metr maydoni zarar ko‘rgan.

'"Chorsu" bozorida yong‘in chiqdi'ning rasmi

Bugun, 26 yanvar kuni Toshkent shahridagi "Chorsu" bozorida yong‘in sodir bo‘ldi, deya xabar berdi poytaxt Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi.

Ma’lum qilinishicha, soat 16:04 da Shayxontohur tumani Beruniy ko‘chasida joylashgan "Chorsu" bozorida do‘kon yonayotgani haqida xabar kelib tushgan.

Qutqaruv ekipajlari voqea joyiga 16:08 da yetib borib, yong‘in 16:20 da qurshab olingan va 16:25 da to‘liq o‘chirilgan.

Qayd etilishicha, hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Yong‘in natijasida do‘kon yertolasiining taxminan 15 kvadrat metr maydoni zarar ko‘rgan.

    Boshqa yangiliklar