AsosiyDunyo

Turkiyada o‘zbekistonlik ayol o‘limi ortidan norozilik aksiyalari bo‘lib o‘tdi

Istanbulda vahshiylarcha o‘ldirilgan 36 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Durdona Hakimova ishi yuzasidan Turkiyaning Ankara va Istanbul shaharlarida ayollar tomonidan norozilik namoyishlari o‘tkazildi.

'Turkiyada o‘zbekistonlik ayol o‘limi ortidan norozilik aksiyalari bo‘lib o‘tdi'ning rasmi

26 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan aksiyalarda ishtirokchilar ayollar qotilligiga barham berish, jinoyatchilarga og‘ir jazo tayinlash va muhojir ayollar xavfsizligini ta’minlash talablari bilan chiqdi.

Namoyishchilar “Muhojir ayollar yolg‘iz emas”, “Ayollar qotilligi – siyosiy masala” kabi shiorlar ostida yurish qildi.

Mahalliy faollar mazkur fojiani jazosizlik siyosati oqibati, deb baholab, ishni jamoatchilik nazoratida olib borishga chaqirdi. Ma’lum qilinishicha, jinoyatga aloqador ikki nafar gumonlanuvchi Istanbul aeroportida qo‘lga olingan.

    Boshqa yangiliklar