Bu haqda hukumat komissiyasi yig‘ilishi materiallariga tayanib, TASS xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, tegishli norma “Rossiya Federatsiyasi fuqaroligi to‘g‘risida”gi qonunga kiritiladi. Agar keyinchalik sudlanganlik mavjudligi aniqlansa, fuqarolik yoki yashash hujjatlarini berish haqidagi qaror bekor qilinishi mumkin. Qonun kuchga kirishidan oldin hujjat olgan shaxslarga mazkur tartib tatbiq etilmaydi.
Shuningdek, yangi talabga ko‘ra, chet elliklar IIVga murojaat qilganda sudlanmaganlik haqida ma’lumotnoma taqdim etishi shart bo‘ladi. U ariza topshirishdan kamida uch oy oldin rasmiylashtirilgan bo‘lishi lozim. 14 yoshga to‘lmaganlar ushbu talabdan ozod etiladi, Ukraina fuqarolari uchun esa ikki yillik o‘tish davri belgilanmoqda.






