AsosiyJamiyat

Buxoroda do‘stasini intim suratlar bilan shantaj qilgan ayol ushlandi

Bu haqda viloyat IIV ma’lum qildi.

'Buxoroda do‘stasini intim suratlar bilan shantaj qilgan ayol ushlandi'ning rasmi

Buxoro viloyatida Telegram’da soxta profil orqali do‘stasining shaxsiy foto va videolarini qo‘lga kiritib, ularni tarqatmaslik evaziga 6 ming dollar talab qilgan ayol qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 19 yanvar kuni gumonlanuvchi Telegramda o‘zini “Feruz” deb tanishtirib, jabrlanuvchi bilan tanishgan va oshiq ro‘lida ishonch qozongan. Shundan so‘ng ayol o‘zining shaxsiy foto va videolarini yuborgan. Oradan ko‘p o‘tmay, gumonlanuvchi ularni oila a’zolariga tarqatish bilan tahdid qilib, 6 ming AQSh dollarini talab qilgan.

Holat yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda jabrlanuvchidan 2 million so‘m plastik kartaga o‘tkazilgan paytda gumonlanuvchi ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan. Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar