AsosiyJamiyat

Toshkent shahar soliq boshqarmasi rahbari ishdan olindi

Унинг ўрнига ватанпарвар ёш кадрлар тайинланиши қайд этилди.

'Toshkent shahar soliq boshqarmasi rahbari ishdan olindi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig‘i Yunusjon Nasimjonov hamda Shayxontohur tumani soliq inspektsiyasi boshlig‘i Xojiakbar Mullajonovni lavozimidan ozod etish bo‘yicha topshiriq berildi.

Yig‘ilishda Soliq qo‘mitasi raisi Farruh Po‘latovga mazkur rahbarlarning faoliyatini chuqur o‘rganish, qonun ustuvorligini ta’minlash yuzasidan tegishli choralar ko‘rish vazifasi qo‘yildi.

Shuningdek, qo‘mita raisi va Soliq qo‘mitasiga yaqinda tayinlangan komplayens bo‘yicha o‘rinbosar Alisher Soliyevga tizimda korrupsiyaga murosasiz muhitni shakllantirish, Toshkent shahri soliq organlari rahbarlarining lavozimga loyiqligini qayta ko‘rib chiqish hamda ular o‘rnini vatanparvar, tashabbuskor va yangicha fikrlaydigan yosh kadrlar bilan to‘ldirish vazifalari yuklatildi.

    Boshqa yangiliklar