Qo'shma Shtatlarda so'nggi kunlarda kuchli qor yog'ishi va sovuq ob-havo oqibatida kamida 30 kishi halok bo'ldi. Bu haqda Zamon.uz nashri xabar qildi.
Qayd etilishicha, piyodalar ehtiyotsiz qor tozalovchi mashinalar tomonidan urilgan, Arkansas va Texasda esa o'smirlar chanada uchayotganda halok bo'lgan. Nyu-York shahrida dam olish kunlari sakkiz kishining jasadi topilgan, ammo ularning o'limi sababi hozircha noma'lum.
Qattiq ob-havo elektr energiyasi ta'minotida uzilishlarga sabab bo'lib, mahalliy hokimiyat organlarining ta'kidlashicha, uni tiklash bir necha kun talab etishi mumkin.
Sinoptiklar AQShning sharqiy qirg'og'ida hafta oxirida yana kuchli qor yog'ishini va mamlakat bo'ylab harorat -12,3 daraja S gacha tushishini bashorat qilmoqda.






