“Tashabbusli byudjet”ning 2026 yilgi 1-mavsumi boshlanmoqda. Bugun, 31 yanvardan 1 fevralga o‘tar kechasi soat 00:00 dan “Tashabbuskor xalq uchun – yangi imkoniyatlar mavsumi” shiori ostida “Tashabbusli byudjet” jarayonining 2026 yilgi ilk mavsumi boshlanadi.
Ushbu mavsum “Tashabbusli byudjet” jarayoni joriy etilganidan buyon o‘tkazilayotgan o‘ninchi – yubiley mavsum hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, an’anaviy ovoz berish bosqichi yakunlariga ko‘ra g‘olib loyihalar 21 mart – Navro‘z bayrami kuni e’lon qilinadi.
Xabaringiz bor, 2026 yildan boshlab “Tashabbusli byudjet” doirasida loyihalarni sherikchilik asosida birgalikda moliyalashtirish amaliyoti joriy etiladi.
Bunda, fuqarolar loyiha qiymatining 50 foiz qismini moliyalashtirsa, qolgan qismi davlat byudjetidan ajratiladi hamda mazkur loyiha avtomatik tarzda g‘olib bo‘ladi. Sherikchilik loyihalari uchun ovoz to‘plash talab etilmaydi.
Qayd etish kerakki, birgalikda moliyalashtirish amaliyoti doirasida loyihalarni sherikchilik asosida amalga oshirish mutlaqo ixtiyoriy hisoblanadi.






