AsosiyJamiyat

Toshkentda Gentra yonib ketdi

Hodisa yuzasidan Toshkent shahar FVBB rasmiy axborot berdi.

'Toshkentda Gentra yonib ketdi'ning rasmi

Joriy yilning 31 yanvar kuni Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida Gentra avtomobilida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, soat 22:04 da tumanning Buloqsoy ko‘chasida avtomobil yonayotgani to‘g‘risida, Toshkent shahar FVBBga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 22:07 da yetib borib, yong‘in soat 22:14 da o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida jarohatlanganlar yo‘q, deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar