AsosiyDunyo

Нигерияда қуролли ҳужум оқибатида қариб 200 киши ҳалок бўлди

Нигериянинг шимолий-марказий қисмидаги Квара штатида қуролли шахслар уюштирган ҳужум оқибатида ўнлаб тинч аҳоли вакиллари ҳаётдан кўз юмди.

'Нигерияда қуролли ҳужум оқибатида қариб 200 киши ҳалок бўлди'ning rasmi

4 fevral kuni Niger shtati bilan chegaradosh Vorodagi chekka qishloqda sodir bo‘lgan hujumda qurolli shaxslar aholi punktiga bostirib kirib, uylar va savdo shoxobchalarini yoqib yuborgan.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, qurbonlar soni 162 nafarga yetgan bo‘lsa, rasmiylar “Reuters”ga kamida 170 kishi halok bo‘lganini bildirgan.

Mazkur voqea joriy yil davomida hududda qayd etilgan eng halokatli hujumlardan biri sifatida baholanmoqda.

Qayd etilishicha, so‘nggi paytlarda mazkur hududda qurolli guruhlar tomonidan aholini o‘ldirish, o‘g‘irlash hamda chorva mollarini talon-taroj qilish holatlari keskin ko‘paygan.

    Boshqa yangiliklar