Toshkent shahri va Qashqadaryo viloyatida umra ziyoratini tashkil etish bahonasida fuqarolarni aldab, pul mablag‘larini qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi.
Ma’lum qilinishicha, Toshkent shahri Uchtepa tumanida bir necha shaxs fuqaroning ishonchiga kirib, 4 900 AQSH dollari evaziga “Umra–2026” tadbiri uchun Saudiya Arabistoniga borishga viza hujjatlarini tayyorlab berishini ma’lum qilgan. Ular to‘rt nafar fuqaroni umra ziyoratiga yuborishni va’da qilib, oldindan bo‘nak sifatida 2 500 dollar olgan vaqtda qo‘lga olingan.
Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida esa xususiy aviachipta sotuvchisi fuqaroning ishonchiga kirib, uning qaynonasini 12,2 million so‘m evaziga tanishlari orqali umra ziyoratiga yuborishini aytgan. U 10 million so‘m mablag‘ni olgan paytda ushlangan.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan tegishli tartibda tergovgacha tekshiruv ishlari olib borilmoqda.






