AsosiyJamiyat

Oʻzbekiston va Pokiston yangi xalqaro transport yoʻlagini ishga tushiradi

O‘zbekiston va Pokiston fevral oyida "Pokiston – Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston" yo‘nalishi bo‘yicha ilk pilot yuk tashishlarni amalga oshiradi.

'Oʻzbekiston va Pokiston yangi xalqaro transport yoʻlagini ishga tushiradi'ning rasmi

O‘zbekiston Transport vazirining birinchi o‘rinbosari Mamanbiy Omonov boshchiligidagi delegatsiya Pokistonga tashrif buyurib, Pokiston Temir yo‘llar vaziri o‘rinbosari Mazhar Ali Shoh bilan uchrashdi.

Uchrashuvda transport-logistika sohasida mintaqaviy bog‘liqlikni mustahkamlash, yangi yo‘laklar yaratish va yuk tashish hajmini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, tomonlar "O‘zbekiston – Afg‘oniston – Pokiston" temir yo‘li loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishdi.

  Yangi "Pokiston – Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston" transport koridori bo‘yicha pilot tashishlar joriy yil fevral oyida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar