AsosiyJamiyat

2025 йилда неча нафар ўзбекистонлик Россиядан бошпана сўрагани айтилди

Ushbu ko‘rsatkich 2024 yilga nisbatan biroz kamaygan.

'2025 йилда неча нафар ўзбекистонлик Россиядан бошпана сўрагани айтилди'ning rasmi

2025 yilda Rossiyada boshpana so‘rab murojaat qilgan xorijiy fuqarolar orasida Ukraina fuqarolari eng yuqori ulushni tashkil etgani ma’lum qilindi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi 12 oy davomida 3332 nafar Ukraina fuqarosi Rossiyadan boshpana so‘rab ariza topshirgan. Bu haqda Zamon.uz xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, usbu ko‘rsatkich 2024 yilga nisbatan biroz kamaygan. O‘sha yili Rossiyadan boshpana so‘rab murojaat qilgan ukrainaliklar soni 3722 nafarni tashkil etgan bo‘lsa, 2023 yilda bu raqam 5,5 ming nafardan oshgan. Shunga qaramay, so‘nggi yillarda Rossiyadan boshpana so‘rash ehtimoli eng yuqori bo‘lgan fuqarolar toifasida ukrainaliklar yetakchi bo‘lib qolmoqda.

2025 yilda boshpana so‘rab murojaat qilganlar soni bo‘yicha Suriya fuqarolari ikkinchi o‘rinni egallagan — 3196 ta murojaat qayd etilgan. Keyingi o‘rinlarda Afg‘oniston fuqarolari joylashgan. undan keyin Afg‘oniston fuqarolari (281 ta), O‘zbekiston (176) va Germaniya (129) fuqarolari ham mos ravishda birinchi beshlikka kirdi.

Hisobot davrida Rossiyada vaqtincha boshpana so‘rab murojaat qilganlarning umumiy soni 8220 tani tashkil etgan bo‘lib, bu 2024 yilga nisbatan sezilarli oshganini ko‘rsatadi.

Mutaxassislarning qayd etishicha, Rossiyada vaqtincha boshpana maqomi shaxsga mamlakat hududida qonuniy yashash imkonini beradi. Usbu maqomga ega shaxslar ruxsatnomasiz ishlash, majburiy tibbiy sug‘urta tizimi orqali tibbiy xizmatlardan foydalanish, ta’lim olish va ijtimoiy yordam dasturlaridan foydalanish huquqiga ega bo‘ladi. Mazkur maqom ayrim hollarda keyinchalik doimiy yashash ruxsatnomasi yoki fuqarolik olish jarayonining dastlabki bosqichi sifatida qaraladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish tartibi takomillashtiriladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 16:37

    Suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish tartibi takomillashtiriladi

    Suv resurslaridan foydalanish samaradorligi oshiriladi.

    '2026 йилда Рамазон ойи 19 февралда бошланади'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:47

    2026 йилда Рамазон ойи 19 февралда бошланади

    Turkiy davlatlar tashkiloti Fatvo hay’ati qaroriga ko‘ra, 2026 yilda muqaddas Ramazon oyining birinchi kuni 19 fevral, payshanbaga to‘g‘ri keladi. Ramazon hayiti esa 20 mart, juma kuni nishonlanishi kutilmog‘da.

    'Otabek Umarov nomidan feyk xabarlar tarqatilmoqda'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:55

    Otabek Umarov nomidan feyk xabarlar tarqatilmoqda

    Ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari Otabek Umarov nomidan sportchilar va sport hamjamiyati vakillariga soxta xabarlar yuborilayotgani maʼlum qilindi.

    'Nurlan Saburovga Rossiyaga kirish 50 yilga taqiqlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:48

    Nurlan Saburovga Rossiyaga kirish 50 yilga taqiqlandi

    Qozog‘istonlik mashhur standapchi Nurlan Saburovga Rossiya Federatsiyasiga 50 yil muddatga kirish taqiqlandi.

    'ИИВ 50 йилдан ошган “антиквар” автомобиллардан фойдаланиш қоидаларига аниқлик киритди'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:12

    ИИВ 50 йилдан ошган “антиквар” автомобиллардан фойдаланиш қоидаларига аниқлик киритди

    Ichki ishlar vazirligi 50 yildan oshgan, antikvar deb topilgan avtomobillardan foydalanish tartibiga izoh berdi.

    'Toshkentda yong‘in xavfsizligi buzilgan binolar vaqtincha yopildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:06

    Toshkentda yong‘in xavfsizligi buzilgan binolar vaqtincha yopildi

    5 fevral kuni poytaxtdagı odamlar ko‘p yig‘iladigan maskanlarda yong‘in xavfsizligi tekshiruvlari o‘tkazildi.