AsosiyJamiyat

Gonkong sudi Jimmi Layni 20 yilga qamadi

Gonkong mediya magnati Jimmey Layni xorijiy kuchlar bilan til birlashtirish va milliy xavfsizlikka qarshi jinoyatlarda aybdor deb topib, 20 yilga ozodlikdan mahrum etdi.

'Gonkong sudi Jimmi Layni 20 yilga qamadi'ning rasmi

BBC xabariga ko‘ra, Britaniya pasportiga ega bo‘lgan Jimmey Lay Milliy xavfsizlik to‘g‘risidagi qonun asosida sudlangan eng ko‘zga ko‘ringan shaxslardan biri hisoblanadi. Sud Layning xorijiy kuchlar bilan til birlashtirishga oid harakatlari "puxta rejalashtirilgan" va "oldindan o‘ylab qilingan" bo‘lganini, jinoyatlar esa "nihoyatda og‘ir" toifaga kirishini ta’kidladi.

Sud, shuningdek, 20 yillik qamoq jazosi Lay fitnalarning "asosiy tashabbuskori" va "harakatlantiruvchi kuchi" bo‘lgani sababli og‘irlashtirilganini qayd etdi. Hozirda yopilgan Apple Daily gazetasi asoschisi bo‘lgan Lay unga qo‘yilgan barcha ayblovlarni rad etib keladi.

78 yoshli Layning oilasi uning qamoqdagi sog‘lig‘i yomonlashayotganidan xavotir bildirgan bo‘lsa, Gonkong va Xitoy rasmiylari mahbusning ahvoli yaxshi ekanini va huquqlari to‘liq ta’minlanayotganini ma’lum qilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Oʻzbekistonning Isroildagi elchixonasi yana ogohlantirish bilan chiqdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 15:01

    Oʻzbekistonning Isroildagi elchixonasi yana ogohlantirish bilan chiqdi

    Isroildagi o‘zbekistonliklar ogohlantirilmoqda.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:14

    'Umra safarlari vaqtincha kechiktiriladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:42

    Umra safarlari vaqtincha kechiktiriladi

    Xususan, 2026 yil 2 mart kuni rejalashtirilgan Toshkent-Jidda reysi ham ma'lum muddatga qoldirildi.

    'Oʻzbekistonda 22 ta narkojinoyiy guruh fosh etildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:17

    Oʻzbekistonda 22 ta narkojinoyiy guruh fosh etildi

    2026 йилнинг январ-феврал ойларида Ўзбекистон Ички ишлар вазирлиги маълумотига кўра, наркотикларни ўтказиш ва тарқатиш билан шуғулланувчи 22 та уюшган гуруҳ фаолияти тўхтатилди.

    'Gaz narxi oshirilmadi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:57

    Gaz narxi oshirilmadi

    Qish mavsumida belgilangan ijtimoiy meʼyor oʻzgardi.

    'Toshkentda do‘kon yonib ketdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:32

    Toshkentda do‘kon yonib ketdi

    Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilayapti.