AsosiyJamiyat

Qo'qonda gaz portlashi oqibatida bir kishi halok bo'ldi

Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida ko‘p qavatli uyda yuz bergan yong‘in oqibatida bir fuqaro vafot etdi, yana uch kishi shifoxonaga yotqizildi.

'Qo'qonda gaz portlashi oqibatida bir kishi halok bo'ldi'ning rasmi

16 fevral kuni soat 21:18 da Qo‘qon shahri “Muqimiy” ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘layotgani haqida “112” tizimi orqali Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan.

Yong‘in-qutqaruv ekipajlari hodisa joyiga soat 21:23 da yetib borib, 21:25 da yong‘inni qurshab olgan va 21:32 da to‘liq bartaraf etgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in gaz-havo aralashmasining chaqnashi oqibatida kelib chiqqan. Natijada 28-uyning 50 kvadrat metr maydonida tom va shift qismi hamda uy jihozlari yonib zararlangan.

Chaqnash oqibatida 4 nafar fuqaro turli darajadagi kuyish tan jarohati bilan shahar tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan. Ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay, ularning bir nafari vafot etgan.

Hozirda hodisa sabablari aniqdanmoqda.

    Boshqa yangiliklar