AsosiyJamiyat

Toshkentda muddati o‘tgan tibbiy reagentlar savdosi to‘xtatildi

Hozirda ekspertiza va tergovgacha tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

'Toshkentda muddati o‘tgan tibbiy reagentlar savdosi to‘xtatildi'ning rasmi

Toshkentda davlat xavfsizlik va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish organlari hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda, tibbiy reagentlar savdosi bilan shug‘ullanuvchi MChJ rahbari yaroqlilik muddati o‘tgan 20 dona reagentni 16 million so‘mga sotgan vaqtida ushlangan.

Shuningdek, poytaxt va viloyatidagi omborxonalarda umumiy qiyimati 2 milliard so‘mdan ortiq yaroqlilik muddati o‘tgan va kontrafakt mahsulotlar topildi.

Sifatsiz reagentlar noto‘g‘ri tashxis va muolajaga olib kelishi mumkin. Hozirda ekspertiza va tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar