AsosiyJamiyat

Toshkentda hamkasbini zoʻrlashga urinishda ayblangan erkak 5 sutkaga qamaldi.

Toshkentga xizmat safari bilan kelgan erkak mehmonxonada hamkasbiga nisbatan shahvoniy shilqimlik qilib, uni bo‘g‘ishga urinagani uchun 5 sutka ma’muriy qamoq jazosini oldi.

'Toshkentda hamkasbini zoʻrlashga urinishda ayblangan erkak 5 sutkaga qamaldi.'ning rasmi

Bu haqda “Nemolchi” loyihasi xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, erkak va ayol sport musobaqalarida ishtirok etish uchun xizmat safari bilan Toshkentga kelgan. 18 dekabrdan 19 dekabrgacha o‘tar kechasi erkak kechki ovqat bahonasi bilan ayolning mehmonxonadagi xonasiga kirgan.

Ayol uning taklifini rad etganiga qaramay, erkak shahvoniy harakatlar qilishga uringan. Sudda jabrlanuvchi ochiqchasiga rozi emasligini aytgani, shundan so‘ng erkak uni karavotga yiqitib, yostiq bilan bo‘g‘ishga urinaganini bildirgan. Ayol qarshilik ko‘rsatib, xonadan chiqib ketishga muvaffaq bo‘lgan.

Sudda erkak aybini tan olgan. Sud uni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 41-1-moddasi (shahvoniy shilqimlik) bo‘yicha aybdor deb topib, 5 sutka ma’muriy qamoq jazosini tayinlagan.

    Boshqa yangiliklar