AsosiyJamiyat

O‘zbekistonda 15 yillik stajga ega o‘qituvchilarga uy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi

O‘zbekistonda oliy malaka toifasiga (bosh o‘qituvchi lavozimiga) ega va kamida 15 yil pedagogik ish stajiga ega bo‘lgan o‘qituvchilarga uy-joy sotib olish uchun ipoteka krediti bo‘yicha subsidiya ajratiladi.

'O‘zbekistonda 15 yillik stajga ega o‘qituvchilarga uy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi'ning rasmi

Vazirlar Mahkamasining 19 fevraldagi qaroriga muvofiq, ipoteka krediti uchun boshlang‘ich badalning 25 foizi davlat byudjeti hisobidan qoplab beriladi. Subsidiya olish uchun pedagog Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ariza topshiradi.

Ariza elektron tarzda ko‘rib chiqiladi va talabgor haqidagi ma’lumotlar — fuqaroligi, ish staji, oliy malaka toifasi, daromadlari hamda kredit tarixi tegishli vazirlik va idoralarning axborot tizimlari orqali avtomatik ravishda tekshiriladi. Qo‘shimcha hujjat talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Ijtimoiy mezonlarga muvofiq deb topilgan talabgorga subsidiya ajratish yoki rad etish to‘g‘risida elektron xabarnoma yuboriladi. Shundan so‘ng pedagog ishtirok etuvchi tijorat bankini tanlab, uy-joyni birlamchi bozordan ipoteka krediti asosida sotib oladi. Bank kredit ajratish masalasini belgilangan tartibda ko‘rib chiqadi va notarial shartnoma rasmiylashtiriladi.

Qarorga ko‘ra, subsidiya bir oilaga (er yoki xotindan biriga) faqat bir marta beriladi hamda faqat birlamchi uy-joy bozorida amal qiladi. 2026 yilda ushbu maqsadlar uchun davlat byudjetidan 200 milliard so‘mgacha mablag‘ yo‘naltirilishi rejalashtirilgan. Subsidiya ajratish jarayoni maxsus elektron platformalar orqali shaffof va avtomatlashtirilgan tartibda amalga oshiriladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Toshkentda hamkasbini zoʻrlashga urinishda ayblangan erkak 5 sutkaga qamaldi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 16:31

    Toshkentda hamkasbini zoʻrlashga urinishda ayblangan erkak 5 sutkaga qamaldi.

    Toshkentga xizmat safari bilan kelgan erkak mehmonxonada hamkasbiga nisbatan shahvoniy shilqimlik qilib, uni bo‘g‘ishga urinagani uchun 5 sutka ma’muriy qamoq jazosini oldi.

    'Yaponiyada onasidan voz kechilgan kichkina makakaga nima bo‘ldi?'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 15:08

    Yaponiyada onasidan voz kechilgan kichkina makakaga nima bo‘ldi?

    Uning taʼsirli suratlari ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:40

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:53

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:15

    'Chusovitina Jahon kubogi finaliga chiqdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:48

    Chusovitina Jahon kubogi finaliga chiqdi

    50 yoshli gimnastikachi o‘zining asosiy ixtisosligi — tayanch sakrash mashqida 13,133 ball jamg‘ardi.