AsosiyJamiyat

Andijonda ZIL urib ketgan 9 yoshli bola vafot etdi

Baliqchi tumanida yuk mashinasi ishtirokidagi YTH oqibatida voyaga yetmagan piyoda halok bo‘ldi.

'Andijonda ZIL urib ketgan 9 yoshli bola vafot etdi'ning rasmi

Andijon viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabariga ko‘ra, Andijon viloyatining Baliqchi tumanida 24 fevral kuni ZIL-130 yuk mashinasi haydovchisi tartibga solingan chorrahadagi piyodalar o‘tish joyidan yugurib chiqqan 2017 yilda tug‘ilgan bolani urib yuborgan.

Oqibatda og‘ir tan jarohati olgan bola shifoxonada ko‘rsatilgan muolajalarga qaramay vafot etgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmogda.

    Boshqa yangiliklar