AsosiyJamiyat

Qoidabuzarligi bilan maqtangan "tuningchi" uzr soʻradi

O‘zbekiston Premer-ligasining “O‘zbekiston” klubi rahbari Asadbek Jumayev ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan bahsli intervyusidan so‘ng jamoatchilikdan uzr so‘radi.

'Qoidabuzarligi bilan maqtangan "tuningchi" uzr soʻradi'ning rasmi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, Jumayev intervyu montajini tekshirmaganini va vaziyatga yengil qaragani uchun pushaymonligini bildirgan.

“Har qanday noto‘g‘ri xabar uchun jazo bor. Hammadan uzr so‘raymiz”, — degan u.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil yanvar oyida sud qarori bilan Asadbek Jumayev Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 195-2-moddasi bilan 8,4 mln so‘m jarimaga tortilgan edi.

U intervyuda boshqa shaxslar bunday holat uchun 15 sutkaga qamalishi mumkinligini, o‘zi esa jarima bilan qutulib qolganini aytib, qilgan ishidan faxrlanishini bildirgani jamoatchilik e’tiroziga sabab bo‘lgan.

    Boshqa yangiliklar