AsosiyDunyo

Oʻzbekistonning Isroildagi elchixonasi vatandoshlarga ogohlantirish berdi

Oʻzbekistonning Isroildagi elchixonasi 28 fevral kuni mamlakat hududida kuchli raketa hujumlari kuzatilishi kutilayotgani haqida murojaat yoʻlladi.

'Oʻzbekistonning Isroildagi elchixonasi vatandoshlarga ogohlantirish berdi'ning rasmi

Elchixona fuqarolardan shaxsiy xavfsizlik choralarini kuchaytirish, zarur ehtiyot tadbirlarini ko‘rish va Isroil Front orti qo‘mondonligi ko‘rsatmalariga qat’iy rioya qilishni so‘radi.

Shuningdek, omma tadbirlar o‘tkazilayotgan joylarga bormaslik, gavjum hududlarda uzoq qolmaslik va safarlarni rejalashtirishda ehtiyotkorlikni saqlash tavsiya qilindi.

28 fevral kuni Isroil Eronga havo hujumi uyushtirib, AQSh ham ishtirok etgani xabar qilindi.

Zarba natijasida razvedka binosi, prezident majmuasi, Tehron aeroporti va Ali Xameneyi uyi hujumga uchradi. Havo hududlari yopilgan va Eron javob zarbalarini berishini ma’lum qilgan.

Mudofaa vazirligi amaldori qasos olish uchun barcha choralar ko‘rilayotganini bildirgan.

    Boshqa yangiliklar