AsosiyJamiyat

O‘qituvchilardan pul yig‘ish topshirig‘ini bergan “zam” hokim ishdan olindi

Avvalroq, Surzondaryo‘da o‘qituvchilardan majburan pul yig‘ilayotgani haqida xabar bergan edik.

'O‘qituvchilardan pul yig‘ish topshirig‘ini bergan “zam” hokim ishdan olindi'ning rasmi

Jarqo‘rg‘on tumanidagi 33-sonli umumta’lim maktabi pedagog xodimlaridan pul mablag‘lari majburiy tartibda yig‘ilayotgani haqidagi xabar yuzasidan tayinlangan xizmat tekshiruvi yakunlandi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi axborot xizmati rahbari Murodbek Davlatov ma’lum qildi.

Bayonotda aytilishicha, tekshiruv viloyat hokimi nazoratida o‘tkazilib, holatlar kompleks tarzda o‘rganilgan, hujjatlar tahli qilinib, mas’ul shaxslarning tushuntirishlari olingan. 

Natijada Jarqo‘rg‘on tumani hokimining o‘rinbosari Anvar Rajabov tomonidan berilgan ko‘rsatma amaldagi qonunchilik talablariga zid ekani, xususan, ixtiyoriylik tamoyili buzilgani aniqlandi.

Xizmat tekshiruvi xulosasiga muvofiq Anvar Rajabov egalab turgan lavozimidan ozod etildi. 

“Anvar Rajabovning harakatlariga huquqiy baho berish uchun tekshiruv materiallari belgilangan tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Bunday holatlarning takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida ichki nazorat mexanizmi kuchaytirildi hamda rahbar xodimlar bilan maqsadli huquqiy tushuntirish ishlari olib borilmoqda”, - deyiladi bayonotda. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Buxoroda 21 yoshli yigit onlayn fohishaxona tashkil qildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:52

    Buxoroda 21 yoshli yigit onlayn fohishaxona tashkil qildi

    Yigit Telegramda maxsus kanal tashkil qilib, ayollar rasmlarini kanalga joylab, ularni pul evaziga mijozlarga taklif qilgan.

    'Oʻzbekiston Yaqin Sharqdagi keskinlashuvdan jiddiy xavotirda'ning rasmi

    Jamiyat 28.02.2026 17:17

    Oʻzbekiston Yaqin Sharqdagi keskinlashuvdan jiddiy xavotirda

    Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Yaqin Sharqdagi mojaroning keskinlashuvini diqqat bilan kuzayatganini bildirdi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 28.02.2026 13:05

    ''ning rasmi

    Jamiyat 28.02.2026 12:58

    ''ning rasmi

    Jamiyat 28.02.2026 12:20

    'Ronaldo yangi klublarga sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda'ning rasmi

    Jamiyat 28.02.2026 10:04

    Ronaldo yangi klublarga sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda

    Portugaliyalik futbol yulduzi Cristiano Ronaldo Ispaniyaning "Almeriya" klubidagi ulushi bilan cheklanib qolmoqchi emas.