AQSh prezidenti Donald Tramp esa o‘z bayonotida: "Tarixdagi eng yomon shaxslardan biri Xamaneiy o‘ldi", degan so‘zlarni aytgani xabar qilinmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, AQSh va Isroil tomonidan amalga oshirilgan qo‘shma zarbalar chog‘ida Tehrandagi Xamaneiy qarorgohi nishonga olingan. Hujum oqibatida uning qizi, kuyovi, nabirasi va kelinlaridan biri ham halok bo‘lgani aytilmoqda.
Fars News Agency, Islamic Revolutionary Guard Corps’ga yaqin manbaga tayanib, Xamaneiy idorasiga aloqador shaxslar orasidan bir necha kishi halok bo‘lganini tasdiqlagan.
Eron hukumati Oliy rahbar vafoti munosabati bilan mamlakat bo‘ylab 40 kunlik umummilliy motam va 7 kunlik rasmiy dam olish kunlarini e’lon qildi.
Hozircha rasmiy Tehrondan va xalqaro manbalardan vaziyat yuzasidan qo‘shimcha izohlar kutilmogda.






