AsosiyJamiyat

Toshkentda FVV xodimiga 30 ming dollar pora taklif qilgan tadbirkor ushlandi

12 қаватли турар жой мажмуасини фойдаланишга қабул қилдириш учун мансабдорга пора бермоқчи бўлган МЧЖ раҳбари қўлга олинди.

'Toshkentda FVV xodimiga 30 ming dollar pora taklif qilgan tadbirkor ushlandi'ning rasmi

Poytaxtda faoliyat yurituvchi tadbirkor o‘zi rahbarlik qiladigan MChJ tomonidan Yakkasaroy tumanida qurilgan, bir qator kamchiliklari bartaraf etilmagan 12 qavatli turar joy majmuasini foydalanishga qabul qildirish maqsadida “Nazorat.MS.UZ” elektron portali orqali taqdim etiladigan arizani ijobiy hal qilib berish evaziga Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar vazirligi bosh boshqarmasi xodimiga 30 ming AQSh dollari miqdorida pora taklif etgan.

Xodim bu haqda mas’ul idoralarni xabardor qilgan. Shundan so‘ng Davlat xavfsizlik xizmati va FVV hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda MChJ rahbiri pul mablag‘ini topshirayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 211-moddasi 3-qismi “a” bandi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llandi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar