AsosiyJamiyat

O‘zbekistonda 13-14 mart kunlari umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi

Ramazon oyi munosabati bilan yurtimizda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida umumxalq xayriya hashari tashkil etiladi.

'O‘zbekistonda 13-14 mart kunlari umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi'ning rasmi

28 fevral kuni hukumatning 72-F sonli farmoyishi qabul qilindi. Unga ko‘ra, joriy yilning 13–14 mart kunlari butun respublika bo‘ylab “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi.

Hashar doirasida mahallalar, aholi turarjoylari, xiyobonlar, istirohat bog‘lari, ziyoratgohlar, qabristonlar hamda boshqa hududlarda obodonlashtirish ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Umumxalq hashari juma va shanba kunlariga to‘g‘ri kelmoqda.

Ma’lumot uchun, 2018 yilda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida majburiy mehnatga barham berishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorga muvofiq, hasharlar faqat Prezidentning tegishli qarori yoki hukumat qarori mavjud bo‘lgan taqdirda o‘tkazilishi mumkin. Davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan hasharlar ixtiyoriylik asosida tashkil etiladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    '8 martda o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi?'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:47

    8 martda o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi?

    Bu yil Xalqaro xotin-qizlar kuni yakshanba to‘g‘ri kelishi munosabati bilan dam olish kuni ko‘chiriladi.

    'Nukusning ayrim mahallalarida bog'cha puli 50 foizga arzonlashadi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:28

    Nukusning ayrim mahallalarida bog'cha puli 50 foizga arzonlashadi

    1 apreldan “Qaratayu” va “Bestobe” MFY aholisi uchun davlat bog‘chalarida to‘lovlarga kamaytiruvchi koeffitsient qo‘llaniladi.

    'Toshkentda FVV xodimiga 30 ming dollar pora taklif qilgan tadbirkor ushlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:25

    Toshkentda FVV xodimiga 30 ming dollar pora taklif qilgan tadbirkor ushlandi

    12 қаватли турар жой мажмуасини фойдаланишга қабул қилдириш учун мансабдорга пора бермоқчи бўлган МЧЖ раҳбари қўлга олинди.

    'Duboy-Toshkent yo‘nalishida yo‘lovchisiz texnik reys amalga oshirildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:38

    Duboy-Toshkent yo‘nalishida yo‘lovchisiz texnik reys amalga oshirildi

    Fors koʻrfazidagi notinchlik sabab Dubay aeroportidan yoʻlovchi olib chiqishga ruxsat berilmagan.

    'Andijonda 819 million so‘mlik oltin quymalarni noqonuniy olib chiqishga urinish fosh etildi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 04:12

    Andijonda 819 million so‘mlik oltin quymalarni noqonuniy olib chiqishga urinish fosh etildi.

    Andijon viloyatida 473 gramm oltin quymalarini Qirgʻizistonga olib oʻtmoqchi boʻlgan ona va qiz bojxona postida toʻxtatib qolindi.

    'Mirzo Ulug'bek tumonida xonadonda yong'in yuz berdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 03:38

    Mirzo Ulug'bek tumonida xonadonda yong'in yuz berdi

    Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan ko‘p qavatli uylardan birida yong‘in sodir bo‘ldi.