AsosiyJamiyat

Marg‘ilondagi maktabda erkak 5-sinf o‘quvchisi va uning onasini do‘pposladi

Ҳолат юзасидан безаралик моддаси билан жиноят иши қўзғатилди.

'Marg‘ilondagi maktabda erkak 5-sinf o‘quvchisi va uning onasini do‘pposladi'ning rasmi

Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahridagi maktablardan birida erkak 5-sinf o‘quvchisi hamda uning onasini urib, tan jarohati yetkazgani bois jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, 2 mart kuni “Istiqlol” mahallasida joylashgan 25-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga kelgan ayol o‘g‘lini erkak kaltaklayotganini ko‘rib, ularni ajratmoqchi bo‘lgan. Biroq erkak bezorilik harakatlarini davom ettirib, ayol va uning farzandiga zarba bergan.

Holat yuzasidan erkakka nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, u protsessual tartibda ushlangan. Mazkur modda bilan aybdor deb topilgan shaxs 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar