AsosiyJamiyat

Angrenda itlarni so'yib kelgan ikki erkak 15 sutkaga qamaldi.

Ular hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lgani uchun ma’muriy javobgarlikka tortildi.

'Angrenda itlarni so'yib kelgan ikki erkak 15 sutkaga qamaldi.'ning rasmi

Toshkent viloyatining Angren shahrida doimiy ravishda it so‘yib kelgan ikki nafar erkak qo‘lga olindi. Bu haqda mahalliy manbalar xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, holat 27 fevral kuni aniqlandi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda ikki nafar shaxs itlarni so‘yayotgani aks etgan. Keyinchalik ular bunday ishni muntazam ravishda amalga oshirib kelgani ma’lum bo‘lgan.

Holatdan xabar topgan fuqarolar darhol ichki ishlar organlariga murojaat qilgan. Shundan so‘ng huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan shaxslar aniqlandi, ularga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Angren shahar sudi qaroriga ko‘ra, ular Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 111-moddasi 2-qismi — hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lishda aybdor deb topilib, 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Yaqin Sharqdan necha nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarilgani aytildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:31

    Yaqin Sharqdan necha nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarilgani aytildi

    Hozirda evakuatsiya asosan fuqarolik aviatsiyasi uchun havo hududi ochiq boʻlib turgan mamlakatlardan amalga oshirilgan.

    'Тайванда талаба 4 кун узлуксиз компьютер ўйнаганидан сўнг вафот этди'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:33

    Тайванда талаба 4 кун узлуксиз компьютер ўйнаганидан сўнг вафот этди

    Shifokorlar uzoq vaqt ekran qarshisida o'tirish hayot uchun xavfli bo'lishi mumkinligini ta'kidladi.

    'Farg‘onada qariyb 21 ming dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari musodara qilindi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:09

    Farg‘onada qariyb 21 ming dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari musodara qilindi.

    Tezkor tadbirlarda bir necha avtomashinadan "Zardeks", "Regapen" va giyohvand moddalar aniqlandi.

    'Marg‘ilondagi maktabda erkak 5-sinf o‘quvchisi va uning onasini do‘pposladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:44

    Marg‘ilondagi maktabda erkak 5-sinf o‘quvchisi va uning onasini do‘pposladi

    Ҳолат юзасидан безаралик моддаси билан жиноят иши қўзғатилди.

    'Husanov "Nottingem"ga qarshi o‘yinda zahiradan tushdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:12

    Husanov "Nottingem"ga qarshi o‘yinda zahiradan tushdi

    Angliya Premer-ligasining 29-turida "Manchester Siti" o‘z maydonida "Nottingem Forest" bilan 2:2 hisobida durang o‘ynadi.

    'Turkiyada bedarak yo‘qolgan o‘zbekistonlik ayolning bo‘sh maydondan jasadi topildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 01:06

    Turkiyada bedarak yo‘qolgan o‘zbekistonlik ayolning bo‘sh maydondan jasadi topildi

    Balıkesir'da 15 kün qidirilgan Dilafrüz Çuliyeva'nıñ ölimi yüzasıdan bir kişi hıbsğa alındı.