AsosiyJamiyat

Bloger Sirojiddin Odilov firibgarlikda gumonlanib qamoqqa olindi.

Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, blogger Sirojiddin Odilov firibgarlik va pora berish bilan bog‘liq holda gumonlanib qamoqqa olindi.

'Bloger Sirojiddin Odilov firibgarlikda gumonlanib qamoqqa olindi.'ning rasmi

Ma’lum qilinishicha, Pastdarg‘om tumanida yashovchi fuqaro tuman IIBga murojaat qilib, Odilov undan moliyaviy masalani hal qilib berishni va’da qilib, ma’lum miqdorda pul olganini, ammo va’dasini bajarmaganini bildirgan.

Holat yuzasidan Odilovga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksi 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi va O‘zbekiston Jinoyat kodeksi 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Shu bilan birga, Abdurahmon Tashanov mazkur ish bo‘yicha o‘z munosabatini bildirib, jarayon boshidanog‘ protsessual xatolar bilan kechayotganini ta’kidladi. Unging so‘zlariga ko‘ra, sudda poytaxtdan kelgan advokatlar ishtirok etmagan va davlat advokati qatnashgan.

Ma’lumot uchun, Sirojiddin Odilovning YouTube kanalida 900 mingdan ortiq obunachi bor.

    Boshqa yangiliklar