AsosiyJamiyat

8 ta davlat Isroilning Al-Aqsoda juma namoziga qo'ygan cheklovini qoraladi

Turkiya, Misr, Iordaniya va yana qator musulmon davlatlari Ramazon oyida Al-Aqso masjidiga kirish cheklovlarini keskin tanqid qildi.

'8 ta davlat Isroilning Al-Aqsoda juma namoziga qo'ygan cheklovini qoraladi'ning rasmi

Aholisining asosiy qismi musulmonlardan iborat bo‘lgan 8 davlat — Turkiya, Misr, Iordaniya, Indoneziya, Pokiston, Qatar, Sauudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklari Isroil tomonidan Al-Aqso masjidiga kirishga qo‘yilgan cheklovlarni qoraladi. Bu haqda Daily Sabah xabar berdi.

Qayd etilishicha, mazkur davlatlar tashqi ishlar vazirlari qo‘shma bayonot qabul qilgan. Unda Isroil hukumatining Ramazon oyida musulmonlarning Al-Aqso masjidiga kirishiga to‘sqinlik qilayotgani tanqid qilingan va xalqaro hamjamiyat bu holatga nisbatan chora ko‘rishiga chaqirilgan.

Bayonotda Quddusning Eski shahri va ibodat joylarida joriy etilgan xavfsizlik cheklovlari xalqaro qonunlar, jumladan, xalqaro gumanitar huquq normalariga zid ekani ta’kidlangan.

Vazirlar, shuningdek, Isroilni Al-Aqso masjidi eshiklarini ochishga, Quddusning Eski shahriga kirish cheklovlarini bekor qilishga va musulmon ibodat qiluvchilar uchun masjidga erkin kirish imkoniyatini ta’minlashga chaqirgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Toshkentda o‘pirilgan tunnel yo‘li vaqtincha yopildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:36

    Toshkentda o‘pirilgan tunnel yo‘li vaqtincha yopildi

    Temur Malik ko‘chasining bir qismi texnik ishlar sabab barcha transport vositalari uchun vaqtincha yopildi.

    'O‘zbekistonda uyushgan jinoyatchilik va kiberjinoyatlarga qarshi kurash kuchaytiriladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:30

    O‘zbekistonda uyushgan jinoyatchilik va kiberjinoyatlarga qarshi kurash kuchaytiriladi

    Prezident Shavkat Mirziyoyevga kiberjinoyatlar hamda axborot texnologiyalari orqali sodir etilayotgan huquqbuzarliklarning oldini olish samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar taqdim etildi.

    'Andijonda qimmatbaho metalllar noqonuniy savdosiga chek qoʻyildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:22

    Andijonda qimmatbaho metalllar noqonuniy savdosiga chek qoʻyildi

    Tezkor tadbirda Qirg‘izistondan noqonuniy olib kirilgan oltin buyumlar hamda sotuvga qo‘yilgan platina metalli bilan bog‘liq holatlar fosh etildi.

    'Turkiyada o‘zbekistonlik ayolga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:11

    Turkiyada o‘zbekistonlik ayolga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etildi

    Истанбулнинг Кадикўй туманида ўғрилик учун уйга кирган озарбайжонлик шахслардан бири ўзбекистонлик аёлга жинсий зўравонлик қилган.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:07

    'Toshkentda tunnel yo‘li o‘pirilib tushdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:59

    Toshkentda tunnel yo‘li o‘pirilib tushdi

    Hodisa Temur Malik va Buyuk Ipak yo‘li ko‘chalari kesishmasida joylashgan yangi tunelda yuz berdi.