AsosiyJamiyat

Namanganda megafondan foydalangan haydovchi 1,5 yilga "pravasi"dan mahrum etildi.

Маълум бўлишича, Chevrolet Malibu русумли автомашинани бошқариб кетаётган ҳайдовчи мегафон орқали бошқа ҳайдовчилардан йўлни бўшатишни талаб қилган. У мазкур ҳаракатларини видеога олиб, ижтимоий тармоқларда ҳам тарқатган.

'Namanganda megafondan foydalangan haydovchi 1,5 yilga "pravasi"dan mahrum etildi.'ning rasmi

Namangan shahrida avtomashina boshqarib ketayotgan paytda megafondan foydalangan haydovchiga nisbatan ma'muriy chora ko'rildi.

Bu haqda YHHX axborot xizmati ma'lum qildi.

Ma'lum bo'lishicha, Chevrolet Malibu rusumli avtomashinani boshqarib ketayotgan haydovchi megafon orqali boshqa haydovchilardan yo'lni bo'shatishni talab qilgan. U mazkur harakatlarini videoga olib, ijtimoiy tarmoqlarda ham tarqatgan.

Surishtiruvlar davomida ushbu shaxs Abbos Yusupov ekani aniqlandi. Uning jamoat joyidagi harakatlari boshqa haydovchilarning noroziligiga sabab bo'lgan.

Huquqbuzar o'z qilgan ishidan pushaymon ekanini bildirib, agar ovoz kuchaytirgich qurilmasi avtomobilga doimiy o'rnatilmagan bo'lsa, bu qoidabuzarlik hisoblanmaydi, deb o'ylaganini aytgan.

Ma'lum qilinishicha, Malibu avtomashinasi jarima maydoniga joylashtirilgan, haydovchi foydalangan megafon esa daliliy ashyo sifatida olingan.

Sud qaroriga ko'ra, haydovchi 1,5 yil muddatga transport vositasiini boshqarish huquqidan mahrum etildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Ikkki hududda mansabdorlar pora bilan ushlangdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:51

    Ikkki hududda mansabdorlar pora bilan ushlangdi

    Jizzaxda hokimlik bosh mutaxassisi, Qoraqalpog‘istonda esa hokimiyat vakili pora bilan qo‘lga tushdi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:09

    'Toshkent va Farg‘onada narkojinoyatlar fosh qilindi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:00

    Toshkent va Farg‘onada narkojinoyatlar fosh qilindi

    Ikki viloyatdan 4 kishi ushlanib, ularga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan.

    'Hindistonda YTH oqibatida o‘zbekistonlik ayol halok bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 04:13

    Hindistonda YTH oqibatida o‘zbekistonlik ayol halok bo‘ldi

    Elchixona ma’lumotiga ko‘ra, hodisa shaxsiy transport vositasi ishtirokida sodir bo‘lgan.

    'Bugun harorat 15 darajagacha ko‘tariladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 03:18

    Bugun harorat 15 darajagacha ko‘tariladi

    O‘zgidromet 14 mart kungi ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.

    'Fargʻonada umraga noqonuniy joʻnatmoqchi boʻlgan shaxs ushlandi'ning rasmi

    Jamiyat 13.03.2026 17:10

    Fargʻonada umraga noqonuniy joʻnatmoqchi boʻlgan shaxs ushlandi

    Fuqarolarni turfirma orqali Umra ziyoratiga yuborishni va'da qilib, pul olmoqchi bo'lgan.