AsosiyJamiyat

Ikkki hududda mansabdorlar pora bilan ushlangdi

Jizzaxda hokimlik bosh mutaxassisi, Qoraqalpog‘istonda esa hokimiyat vakili pora bilan qo‘lga tushdi.

'Ikkki hududda mansabdorlar pora bilan ushlangdi'ning rasmi

Korrupsiyaga qarshi tezkor tadbirlar natijasida Jizzax va Qoraqalpog‘istonda hokimiyat vakillari noqonuniy ravishda yer va pul mablag‘lari evaziga pora olgan paytda ushlandi. Bu haqda DXX Zamon.uz'ga ma'lum qildi.

 

Ma'lum qilinishicha, Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar organlari hamkorligida o‘tkazilgan tekshiruvda, Jizzax viloyatining Zarbdor tumani hokimligi bosh mutaxassisi o‘z xizmat mavqeini suiiste'mol qilib, 1983 yilda tug‘ilgan fuqaroning yer maydonini auktsionda rasmiylashtirib berish evaziga 20 mln so‘m olganligi aniqlandi.

 

Shuningdek, DXX Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Xo‘jayli tumani hokimligi bosh mutaxassisi va tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi bosh mutaxassisi 41,6 gektar yer maydonini fermer nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 3 ming dollar olgan vaqtlarida ushlandi.

 

Hozirda har ikki holat bo‘yicha Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari olib borilmog‘da.

    Boshqa yangiliklar